AQShning Afg‘onistondagi elchixonasida ishlagan 6 kishi giyohvand moddalarni noqonuniy qo‘llash va saqlash sababli bo‘shatib yuborildi. Bu haqda AQSh Davlat departamentidagi amaldorga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Uning aytishicha, xodimlar qonunga xilof harakatlar haqidagi ma'lumot tekshirilgandan keyin bo‘shatilgan. Biroq amaldor ushbu tergovga nima olib kelgani haqidagi ma'lumotni taqdim etishni istamagan.
Ta'kidlanishicha, bunday qonunbuzarliklar "AQShning Afg‘onistonda giyohvandfurushlikka qarshi ko‘p yillik sa'y-harakatlari hisobga olinsa, ayniqsa xavotirli tus oladi".