19:32 / 30.03.2017
7766

Buxoroda hokim o‘rinbosarlariga yangi rusumdagi “Neksiya” avtomashinalari topshirildi

O‘zbekistonda davlat idoralari xodimlariga qulay mehnat sharoitlari yaratish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, yaqinda Buxoro viloyatidagi shahar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi. 

Unda viloyat hokimi O‘.Barnoyev Prezidentning ushbu e'tibori mazkur rahbarlarning yanada ma'suliyat bilan faoliyat yuritishlariga undashini ta'kidladi. 

Shundan so‘ng viloyatdagi barcha shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari uchun ajratilgan yangi rusumdagi “Neksiya” avtomashinalari topshirilgan.

Top