14:56 / 30.03.2017
11917

Chivin parvozi sekinlashtirib namoyish qilindi

Yaponiya va Buyuk Britaniya zoologlari chivin parvozining aerodinamikasini o‘rganib chiqishdi. Buning uchun ular hasharotning havoda harakatlanishini sekinlashtirilgan video orqali kuzatishgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, chivin qanotlari atigi 40 darajaga yoyiladi. Bu esa, asalarilarnikidan ikki hissa kam hisoblanadi. Mazkur tadqiqot natijalari va videosi Nature jurnali saytida joylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top