11:35 / 30.03.2017
12265

IIV rahbari: Yo‘llardagi qoidabuzarliklar bir necha barobarga kamaydi

Yo‘llarda tartib intizomga undovchi “videoko‘zlarga” katta rahmat, deydi O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisidagi hisoboti chog‘ida, deb yozmoqda 1news.uz.

Vazirning aytishicha, 15 mart kunidan boshlab videokuzatuv kameralari ishlagan dastlabki kunlarda 8,500-10,000 qoidabuzarliklar ro‘y bergan.

“Ikki haftada bu ko‘rsatkich 1400-1500 o‘zgargan… Bu yaxshi dinamika”, - deya ta'kidlagan Ichki ishlar vaziri.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikachi Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Senatda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etgani haqida xabar bergandik.

Top