15:34 / 30.03.2017
16066

Messining diskvalifikatsiya qilinishiga kim bosh-qosh bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

FIFA Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini KONMeBOL hakamlar qo‘mitasi raisi Uilson Semenening tashabbusiga ko‘ra 4 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilgan, deya xabar bermoqda Ole nashri.

Manbaga bergan ma'lumotga ko‘ra, millati bo‘yicha braziliyalik bo‘lgan Seneme Messining harakati yozilgan videoyozuvni FIFAga shaxsan o‘zi jo‘natgan. Video o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Messi terma jamoaning 4 o‘yinidan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Messi FIFAga xat yo‘llab qilgan harakati uchun uzr so‘ragandi. Shuningdek u o‘zi aytgan so‘zlar hakamga qaratilmaganini ta'kidlagan.

Messi 4 uchrashuvga chetlatilishidan tashqari 10 ming shveysariya franki miqdorida jarimaga ham tortilgan.

Top