18:25 / 30.03.2017
12902

Putin Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqidagi savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arktika forumidagi chiqishi vaqtida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashgani ehtimolini rad etdi.

Undan Rossiya qachondir AQShdagi saylovlar natijasiga ta'sir ko‘rsatishga uringanmi deya so‘rashganida, u shunday javob qaytargan: «Lablarga qarab o‘qing: No (yo‘q — ingl.)».

U shuningdek, Rossiya AQShga bir necha marta kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni taklif etgani, ammo ijobiy javob olmagani haqida qo‘shimcha qilgan.

Top