22:14 / 30.03.2017
10556

Samsung Galaxy S8 akulalar qurshovida ochildi (video)

T-Mobile shtat blogeri Des Smit yangi Samsung Galaxy S8 flagmanini suv ostida ochdi. Rolik davomida Smit maxsus himoyalangan qafasda bo‘lgan. Bu vaqtda uning atrofida akulalar suzib yurishardi, bloger smartfon kamerasi yordamida ularni suratga oldi. 

Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlari taqdimoti 29 martda bo‘lib o‘tdi. Qurilma sotuvlari Rossiyada 21 aprelda yo‘lga qo‘yiladi. Unga Koreya kompaniyasi sayti va yirik texno-riteylerlar orqali buyurtma berish mumkin. 

Smartfon standart versiyasining boshlang‘ich narxi - 54 900 rubl, plyus versiya bahosi esa - 59 990 rulb.

Mavzuga oid
Top