17:04 / 30.03.2017
14378

Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi aholisiga ro‘mol o‘rash va soqol o‘stirish taqiqlandi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom doirasi hukumati 2017 yilning 1 aprelidan boshlab jamoat joylarida haddan ziyod soqol o‘stirib yurish va yuzni yopib turuvchi musulmon ayollar ro‘mollarini o‘rashni taqiqlaydi. Reuters agentligining xabar berishicha, deputatlar ekstremizm bilan kurashish maqsadida ushbu qonunni qabul qilishgan. 

Farmonga ko‘ra, davlat xizmatchilari va xususiy kompaniyalar xodimlari soqol o‘stiruvchi va ro‘mol o‘rovchi tanishlarini ulardan voz kechishga "ko‘ndirishlari" kerak. 

Shuningdek "televizor ko‘rish, radio va boshqa davlat axborot xizmatlarini eshitish hamda OAVni kuzatishdan voz kechish" ham qonun bilan taqiqlanadi. Bundan tashqari, aholiga musulmon urf-odatlarga ko‘ra nikoh marosimlarini o‘tkazish va "insonlarning ijtimoiy hayotiga aralashish uchun islom olamidagi muqaddas avliyolarning nomini qo‘llash"ga nisbatan taqiqlov joriy qilindi. 

Nashrda ta'kidlanishicha, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida asosan islom diniga e'tiqod qiluvchi turkiyzabon aholi istiqomat qiladi. So‘nggi vaqtlarda aholining tashqi ko‘rinishida musulmonlarga xos bo‘lgan jihatlar (ro‘mol o‘rash, soqol o‘stirish) yaqqol ko‘zga tashalana boshlagan. Mahalliy hukumat avtonom hudud aholisi shu yo‘l bilan Pekin siyosatiga qo‘shilmasligini ifodalamoqda, deb hisoblaydi. 

Top