07:46 / 30.03.2017
4965

Texasdagi avtohalokat oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

AQShning Texas shtatida mahalliy baptistlar cherkoviga qatnovchi 14 kishini olib ketayotgan avtobus va pikapning ro‘parama-ro‘para to‘qnashishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Texas jamoatchilik xavfsizligi boshqarmasi vakili Konrad Xeynning aytishicha, yo‘l-transport hodisasi 29 mart kuni kechki payt San-Antonio aholi punktidan g‘arb tomonda yuz bergan. 

8 mart kuni Missisipi shtatidagi Biloksi shahrida poyezd va avtobus to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani, 35 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.  

Top