10:08 / 31.03.2017
9603

24-30 mart kunlari 141 nafar o‘quvchi yoshlar dars qoldirgani aniqlandi

Toshkent shahar IIBB sohaviy xodimlari tomonidan yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida shahardagi 322ta maktabdan 72tasida, 78ta kollej va 41ta litseylardan 59tasida “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida 91 nafar maktab, 42 nafar kollej, 8 nafar litsey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.

Shahar IIBBning e'tirof etishicha, o‘quvchi va talabalarning dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmaslik holatlari kamayib bormoqda. Buni olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samara berayotgani bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, 19 ta internet-kafelarda o‘tkazilgan reydlar davomida, 14 nafar o‘quvchi dars vaqtlarida, 5 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan so‘ng internet-klubiga tashrif buyurgani aniqlandi.

Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshib kelgan, 4 ta internet-kafe ma'muriyati va 23 nafar ota-onalarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rilgan. 

Xususan, shunday tungi reydlardan biri Chilonzor tumani “Qo‘hinur” restorani yonidagi internet-kafelardan birida ham o‘tkazilgan. Mazkur muassasa boshqaruvchisi Toshkent shahar hokimining kechki 21:00dan keyin faoliyat ko‘rsatmaslik to‘g‘risida chiqargan buyrug‘iga bo‘ysunmagani yetmaganidek, hech qanday hujjatni taqdim eta olmagan.

 

Top