00:57 / 31.03.2017
6559

Bryusselda Erdo‘g‘anning tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

30 mart kuni Bryusselda Turkiya konsulligi binosi oldida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.

Belga axborot agentligining ma'lum qilishicha, voqea oqibatida bir necha kishi jarohat olgan. 

Ta'kidlanishicha, politsiyachilar chaqiriq bo‘yicha tezda yetib kelishgan va mushtlashuvni to‘xtatishgan. Bu hodisa yuzasidan tergov qo‘zg‘atilgan. 

Hozircha jabrlanganlarning soni ma'lum qilinmagan. Hibsga olinganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Top