10:15 / 31.03.2017
4583

Xakerlar Fransiya prezidentining Facebook sahifasini buzishdi

Noma'lum g‘arazgo‘y xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning rasmiy Facebook sahifasini buzib, unda «iste'foga chiqishi munosabati bilan o‘tkaziladigan kecha»ga taklifonomani joylashtirishdi. Bu haqda BFM TV xabar qilmoqda.

E'longa muvofiq, tantanali kecha 7 may kuni Yelisey saroyida bo‘lib o‘tishi kerak. E'lon bir soatga yaqin turganidan so‘ng, olib tashlandi. Shunga qaramay, foydalanuvchilar e'lonning skrinshotlarini ko‘paytirib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga ulgurishdi. 

Fransiya prezidenti ma'muriyati, hozircha, voqeani izohlaganicha yo‘q. Telekanalning ta'kidlashicha, bu kabi holat 2011 yilda ham kuzatilgan, o‘shanda Nikolya Sarkozi jabrdiydaga aylangan edi. 

Top