10:24 / 31.03.2017
28216

Toshkent shahrida 3ta bangixona aniqlandi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mart oyi boshidan buyon 115ta holat aniqlanib, jami 2 kg 423 gramm giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shundan 2 kg 228 gramm marixuana, 23 gramm gashish, 16 gramm opiy, 155 gramm boshqa turdagi giyohvandlik vositalari musodara qilingan. 

24-30 mart oralig‘ida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 21 ta holat aniqlanib, jami 308 gramm giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan. Shuningdek, giyohvandlik vositasini iste'mol qilish uchun tashkil etilgan 3ta bangixona aniqlangan.

Top