20:56 / 01.04.2017
13631

4-turda eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv aniq bo‘ldi

Oliy Liga 4-tur yakunlariga ko‘ra, Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvi eng ko‘p tomoshabin to‘plagan bahs bo‘ldi.

PFL ma'lumotlariga ko‘ra, «Dinamo» stadionida o‘tgan turning markaziy o‘yinida 13 105 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu tur doirasidagi eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan o‘yindir. «Dinamo» rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko‘ra, shu kuni Samarqanddagi stadion sig‘imi sababli, 5 mingga yaqin muxlis o‘yingoh tashqarisida qolib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-tur doirasidagi Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Sho‘rtan» (3:0) uchrashuvida 10 138 tomoshabin tashrif buyurib, bahs 2-turning eng ko‘p muxlis to‘plagan o‘yini bo‘lgan edi.

Shuningdek, 4-tur doirasida Navoiyda o‘tgan «Qizilqum» - «Buxoro» uchrashuvida ham 10 103 tomoshbin tashrif buyurgan. Farg‘onadagi «Vodiy derbisi»da esa 4263 nafar tomoshabin to‘plangan. Eng kam muxlis Toshkentdagi «Obod» va «Bunyodkor» jamoalari uchrashuviga tashrif buyurgan.

4-tur uchrashuvlariga jami 37 949 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu o‘rtacha har bitta o‘yinga 4 743 nafar tashrif buyurganini bildiradi.

4-tur uchrashuvlari muxlislar tashrifi :

«Dinamo» – «Navbahor» – 0:1. 13 105 tomoshabin.

«Qizilqum» – «Buxoro» – 0:1. 10 103 tomoshabin.

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912» – 1:2. 4263 tomoshabin.

«Nasaf» – «So‘g‘diyona» – 4:0. 4122 tomoshabin.

«Mash'al» – «Paxtakor» – 3:0. 3447 tomoshabin.

«Lokomotiv» – «Olmaliq» – 5:0. 1252 tomoshabin.

«Metallurg» - «Sho‘rtan» – 4:2. 936 tomoshabin

«Obod» – «Bunyodkor» – 1:1. 721 tomoshabin.

Mavzuga oid
Top