18:59 / 01.04.2017
5446

APL. «Liverpul» mersisayd derbisida g‘alaba qozondi

Angliya premer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakunlandi. Mersisayd derbi doirasidagi uchrashuvda «Liverpul» «Everton»ni o‘z uyida qabul qildi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Sadio Mane qizillarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 28-daqiqada Mettyu Pennington hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi.31-daqiqada Filippe Koutino o‘z uslubida gol kiritdi.Ikkinchi bo‘limda aynan Koutinoning pasidan so‘ng Divok Origi Robles darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy natijani jamoasiga taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetkazib oldi. Klopp shogirdlari ikki uchrashuv ko‘p o‘tkazgan holda «Manchester Siti»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan bo‘lsa, «Tottenhem»ga tenglashib oldi. «Everton» esa 50 ochko bilan 7-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.

Angliya premer-ligasi, 30-tur

Liverpul – Everton 3:1 (2:1)
Gollar:
Mane (8), Koutino (31), Origi (60) – Pennington (28).
Liverpul: Minole, Matip, Klayn, Lovren, Koutino (Aleksander-Arnold, 74), Veynaldum, Firmino (Klavan, 90+1), Leyva, Mane (Origi, 57), Jan, Milner.
Everton: Robles, Pennington (Berri, 67), Uilyams, Jagelka, Beyns, Devis (Valensiya, 66), Guyye, Barkli, Holgeyt, Lukaku, Kelvert-Lyuin (Miralyas, 82).
Ogohlantirishlar: Devis (26), Barkli (40), Uilyams (62), Jan (68).

Mavzuga oid
Top