11:44 / 01.04.2017
12136

CNN: AQSh razvedkasi samolyotlarda terakt uyushtirishning yangi usullaridan xabar topdi

AQSh maxsus xizmatlari terrorchilarning samolyot bortiga bombalarni olib o‘tishiga doir yangi usullar haqida xabar topishdi. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar olib o‘tiluvchi elektron qurilmalarda portlovchi moslamani joylashtirishga imkon beradigan texnologiyani ishlab chiqqan. Ta'kidlanishicha, bunday usul hattoki yukni skanerdan o‘tkazish tizimini ham aldashi mumkin ekan.

Manbaning qayd etishicha, aynan shu ma'lumot AQSh tomonidan qator aviareyslarda gadjyetlar olib o‘tilishiga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQSh hukumati mamlakatga 13 ta davlatdan keluvchi samolyotlar bortiga elektron qurilmalar olib o‘tishni taqiqlamoqchi ekani haqida xabar bergandik.

Top