10:59 / 01.04.2017
53181

Qo‘qonda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hodisa haqida rasmiy axborot berildi

Avvalroq Qo‘qon shahrida 23 mart kuniga o‘tar kechasi fojiali oqibatlarga olib kelgan yong‘in ro‘y bergani haqida xabar bergandik. Hodisa tufayli bir oilaning 3 a'zosi halok bo‘lgandi. Oradan bir hafta vaqt o‘tib - 31 mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda rasmiy ma'lumot berdi.

Xabarda “Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida uyning 100 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan”, deyiladi.

Shuningdek xabar berilishicha, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari — 2009 yilda va 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘illarining kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Sayt manbasining xabar berishicha esa voqea ro‘y bergan hududda ayni vaqtda gaz quvurlari kesib tashlangan. Bu hudud aholisi hozirda gaz ballonlaridan foydalanadi. Bu esa fojianing sababi haqida turli taxminlarni paydo qiladi. 

Avvalroq xabar berganimizdek, 2017 yilning 18 mart kuni tonggi soat 3:00 atrofida Qo‘qon shahriga yondosh joylashgan Dang‘ara tumani hududidagi Oydin ko‘chasi, 78-uyda uyda gaz portladi. Buning oqibatida uch inson og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi.

Keyinchalik hodisa oqibatida jabr ko‘rgan ikki nafar yosh yigit ikki kun ichida birin-ketin hayotdan ko‘z yumdi. Marhumlarning yaqin qarindoshi saytimizga bergan ma'lumotga ko‘ra, gaz bosimining o‘ynab turishi, kutilmagan paytda ko‘tarilib, tushishi ana shunday fojiaga sabab bo‘lgan.

Bizga ma'lum bo‘lishicha, hodisa ro‘y bergan kunlarda Qo‘qon shahri gazta'minot idorasi rahbari Ulug‘bek Tolipov ishdan olingan. Voqea yuzasidan qandaydir tekshiruvlar olib borilayotgani haqida ma'lumotlar hozircha yo‘q. 

Shuni alohida ta'kidlab o‘tishni istardikki, ushbu holat bo‘yicha hali hech bir tashkilot rasmiy ma'lumot bergani yo‘q...

Qo‘qonda noxush hodisa. Ona va farzandlari halok bo‘ldi

Qo‘qonda tashkilotlar mas'uliyatsizligi oqibatida ikki navqiron yigit majruh bo‘lib qoldi

Qo‘qon fojiasi: yana bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Qo‘qon nima qilsin – 22 yashar o‘g‘li loqaydlikning qurboni bo‘ldi

Top