20:51 / 01.04.2017
13830

Uzbek Tigers vs Astana Arlans: 3-1

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl 5-turidan o‘rin olgan Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalari o‘rtasidagi boks kechasi davom etmoqda. 

O‘zbek yo‘lbarslarining 3 nafar ilk bokschisi hisobni 3-0 ga yetkazganidan so‘ng, ringga +91 kg vazn toifasidagi bokschilar Zuhriddin Mahkamov hamda Anton Pinchuklar ko‘tarilishdi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Anton Pinchuk g‘alaba qozondi.

Katta boks kechasining so‘nggi jangi 49 kgli bokschilar Hasanboy Do‘stmatov va Temirtas Jusupovlar o‘rtasida kechadi.  

Mavzuga oid
Top