00:37 / 02.04.2017
8982

Afg‘onistonda "Tolibon"ning 200 ga yaqin jangarisi hukumatga taslim bo‘ldi

Foto: AFP

Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida “Tolibon” harakatining 200 ga yaqin jangarisi qurol-aslahalarini tashlab, hukumatga taslim bo‘ldi, deb xabar berdi "Sinxua" axborot agentligi.

“Chimtal uyezdida qurollangan odamlar gubernatorning chaqirig‘iga ko‘ra tinchlik va tartibga solish jarayoniga qo‘shildilar”, deya agentlikka xabar berdi noma'lum bo‘lib qolishni istagan amaldor. 

Taslim bo‘lganlar orasida jangarilar yetakchilari Xon Muhammad va Dava Xon bo‘lgan.

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda sezilarli darajada yomonlashgan. Avvalroq mamlakatning qishloq tumanlaridagi katta hududlarni egallagan “Tolibon" radikal harakati hozirda yirik shaharlarga hujum uyushtirmoqda. Shuningdek, mamlakatda IShID terrorchilik guruhining ta'siri o‘tgan yilga nisbatan o‘n marotaba oshgan.

Top