00:51 / 02.04.2017
7220

Xitoyda yuz metrlik yuk kemasi ko‘prikka urildi

Xitoyning janubida joylashgan Guandun viloyatida uzunligi 98,8 metr, eni 15,6 metr bo‘lgan yuk kemasi ko‘prikka kelib urildi, deb xabar berdi mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi. 

Voqea Chjuxay shaxrida yuz berdi. 1000 tonnaga yaqin yuk olib ketayotgan kema Lyansi ko‘prigiga urilgan. Natijada ko‘prik ustuni 1,6 metrga surilib ketgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar kelib tushmagan. Voqea joyida suv transporti harakatlanishiga cheklov kiritildi. Voqeani tergov qilish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top