21:52 / 02.04.2017
12104

Pentagonning sobiq rahbari Rossiya bilan sovuq urushga qarshi ekanini tan oldi

AQSh vaqti-vaqti bilan Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj. AQShning sobiq mudofaa vaziri Eshton Karter AVS telekompaniyasiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi. 

Karter yanvar oyida hukumatning respublikachilar qo‘liga o‘tgandan keyin sobiq prezident Barak Obama ma'muriyati xodimlari orasida birinchi bo‘lib intervyu bergan yuqori lavozimli shaxs bo‘ldi. 

"Vaqti-vaqti bilan biz Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezamiz, hatto qiziqishlarimiz turlicha bo‘lgan taqdirda ham", - dedi Karter. Biroq uning ta'kidlashicha, RF prezidenti Vladimir Putin hukmronligi ostida buning uddasidan chiqish qiyin. 

Pentagonning sobiq rahbari Rossiya bilan sovuq urushga qarshi ekanini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya yetakchilari o‘zlarini ehtiyotkorona tutishgan, ular imkon bor bo‘lgan joylarda biz bilan hamkorlik qilishgan".

"Putin hukumat tepasiga kelganidan so‘ng orqaga chekinish kuzatilgan. O‘ylashimcha, u tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatini mustahkamlash hamda AQShni provakatsiya qilishni maqsad qilgan va bu strategik birlikni qiyinlashtiradi", - dedi Karter.  

Rossiya Federatsiyasida mamlakatning AQSh bilan teng huquqli asosda hamkorlik uchun ochiq ekani bir necha marta ta'kidlangan.

Top