17:31 / 03.04.2017
17677

70 yil birga yashagan er va xotin 4 daqiqalik farq bilan olamdan ko‘z yumishdi

Buyuk britaniyalik keksa yoshli ayol turmush o‘rtog‘i vafot etganidan to‘rt daqiqa o‘tib hayotdan ko‘z yumdi. Ular birgalikda 70 yil hayot kechirishgandi, deb xabar beradi The Telegraph.

O‘lim yuz bergan paytda er va xotin turli joylarda bo‘lgan: 93 yoshli Uilf Rassell “aqli zaiflik” tashxisi tufayli Lestershir grafligidagi qariyalar uyida yashagan bo‘lsa, 91 yoshli Vera Rassell joriy yilning yanvaridan beri kasalxonada bo‘lgan.

Ularning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, ayolning sog‘lig‘i turmush o‘rtog‘i uchrashuvlar davomida uni tanimay qo‘yganidan so‘ng keskin ravishda yomonlashgan.

Uilf 29 mart kuni mahalliy vaqt bilan 6:50da qariyalar uyida vafot etgan bo‘lsa, Vera undan taxminan besh kilometr uzoqlikda, Lester Qirollik kasalxonasida 6:54da hayotdan ko‘z yumgan. U eri vafot etganini bilmagani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ular 1945 yilning 5 sentabr kuni – Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan oila qurishgan.

Mavzuga oid
Top