19:32 / 03.04.2017
20892

Bosh prokuratura metrodagi portlash terakt bo‘lgani haqidagi bayonotini qaytarib oldi

Rossiya Bosh prokuraturasining vakili Aleksandr Kurennoy Sankt-Peterburgdagi portlashni terakt sifatida baholashga shoshilmaslik kerakligi ma'lum qildi. 

«Hozirdan aniq gap aytish qiyin. Barcha versiyalar tergov organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar yakunida ko‘rib chiqiladi», — degan Kurennoy.

Bundan oldinroq Kurennoyning o‘zi Sankt-Peterburgdagi voqeani terakt sifatida baholagandi.

Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel, dushanba kuni yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi tan jarohati olgan.

Top