20:53 / 03.04.2017
44762

Fotoreportaj: Sankt-Peterburg metrosida portlash

Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya maydoni» va «Texnologiya instituti» bekatlari oralig‘ida harakatlanishni boshlagan poyezd vagonlaridan birida portlash ro‘y berdi. Vagonga shikastlovchi elementlar bilan to‘ldirilgan portlovchi uskuna o‘rnatilgandi.

Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlangan.

Rossiya bosh prokuraturasi yuz bergan hodisani avvaliga terakt deb atadi, keyinroq bu borada aniq bayonot berishga shoshilmaslik kerakligini ma'lum qilib, dastlabki bayonotini qaytarib oldi.

Quyida hodisa tafsilotlari suratlarda.

Top