17:33 / 03.04.2017
17065

Peterburgda qo‘lbola bombalar orqali portlashlar sodir etilgan

Sankt-Peterburg shahri metropolitenining «Sennaya» va «Texnologicheskiy institut» bekatlarida portlash ro‘y berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, kamida 50 kishi jarohatlandi.

«Chernaya rechka» bekati shubhali buyum topilishi tufayli yopilgan. Barcha markaziy bekatlarda evakuatsiya ishlari olib borildi», — deya xabar bergan manba.

«Rossiya 24» telekanali o‘z manbasiga asoslangan holda xabar berishicha, vagonga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar orqali portlashlar sodir etilgan.

Ayni vaqtda tekshiruvchilar ish boshlashdi.

Top