O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 4—5 aprel kunlariga belgilangan davlat tashrifi qoldirilmaydi. Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktdan so‘ng «RIA Novosti» agentligi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixona vakiliga shu borada murojaat qilgan.
«O‘ylashimcha, tashrif amalga oshadi», — degan elchixona vakili.
Bugun, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida portlash yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra ushbu portlash tufayli 10 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi jarohatlangan.