08:37 / 03.04.2017
7760

Trampning kuyovi Iroqqa tashrif buyurdi

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Jared Kushner Iroqqa amaliy safar bilan keldi.

Kushner Iroqqa AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi, general   Jozef Danford tomondan taklif qilingan. Kushner Iroqqa aynan Danford bilan yetib keldi.

Kushnerning Iroqqa kelishidan maqsad u yerdagi vaziyatni baholash va Iroq hukumatiga qo‘llab-quvvatlov bildirishdan iborat, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Mavzuga oid
Top