15:20 / 04.04.2017
19921

3 aprel kuni mobil telefonidan ilk bor qo‘ng‘iroq qilingan

Motorola xodimi va ilk mobil telefon yaratuvchisi Martin Kuper portativ qurilmadan birinchi bor qo‘ng‘iroq qilganiga 44 yil to‘ldi.

Martin Kuper 1973 yilda Motorola DynaTAC nomi ostidagi ilk mobil telefonini chiqardi. Bu katta qurilma 1,15 kg. og‘irlikka ega bo‘lib, uzunligi 22 sm.ni tashkil qilgan. Unda 10ta raqamli hamda qo‘ng‘iroq qilish va uni to‘xtatishga mo‘ljallangan ikkita tugmacha bo‘lgan. DynaTAC faqatgina qo‘ng‘iroq qilishga mo‘ljallangandi.

Telefon suhbat rejimida yarim soat-bir soat ishlagan bo‘lib, juda uzoq vaqt quvvatlantirilgan – 10 soat.

Qiziqarli fakt

Taxminlarga ko‘ra, Martin 3 aprel kuni raqobatchi AT&T kompaniyasi xodimi Joel Engelga qo‘ng‘iroq qilgan. Ular nima haqda gaplashishgani hozirgacha noma'lum. Biroq aynan shu kun dunyoda mobil telefon orqali qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan birinchi kun bo‘lgan, deb hisoblanadi.

Martin Kuperning Motorola DynaTac birinchi telefoni bilan birgalikdagi, shuningdek boshqa tugmali telefonlar fotosuratlarini taqdim etamiz.

Motorola DynaTAC – eng birinchi mobil telefon hisoblanadi. U 1973 yilda chiqarilgan bo‘lib, o‘z ixtirochisi tomonidan ilk qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 3310 – bu ham eng ommabop telefonlardan biri. 2000 yilda Nokia 3210’ni alishtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Yuqori chidamlik va qulayligi tufayli uskuna juda mashhur bo‘lib ketgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Ericsson T68 – panelida “Sony Ericsson” yozuvi paydo bo‘lgan ilk telefon sanaladi.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 6200 – EDGE’da ishlashi mumkin bo‘lgan ilk uyali telefon. 2002 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola V70 – “rotator” form-faktoridagi ilk uyali telefon apparati. 2002 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola RAZR V3 – ajoyib dizayn sabab mashhur bo‘lib ketgan telefon. “Yopiluvchi” uskuna o‘ta ingichka profilga hamda metall plastinali klaviaturaga ega bo‘lgan. 2004 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Top