20:51 / 04.04.2017
30296

Qirg‘iziston TIV: Jalilov hech qachon respublika fuqarosi bo‘lmagan

Sankt-Peterburgda  3 aprel kuni amalga oshirilgan portlash ijrochisi ekani gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilov Qirg‘iziston fuqaroligini olmagan. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi biroz oldinroq ushbu 22 yoshli Akbarjon Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi bo‘lgani haqida rasman ma'lum qildi.

OAVda Jalilov 2011 yili O‘shdagi bosh konsullikda Rossiya pasportini olgani haqida xabar berildi.

"Qayd etish zarurki, A. Jalilov hech qachon Qirg‘iziston Respublikasi pasportiga ega bo‘lmagan, u 2011 yili 16 yoshda bo‘lgan, u Rossiya Federatsiyasi pasportini olib, keyin shu mamlakatda yashagan", — deyilgan IIV xabarida.

Jalilovning oilasi 6 yil oldin O‘sh voqealari tufayli Rossiyaga ketgan bo‘lishi mumkin

Top