12:56 / 04.04.2017
102797

Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning suratlari e'lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburg metrosidagi portlash ijrochiligidagi asosiy gumondor suratlari tarqatildi. 

Ushbu suratlar Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan 22 yoshli Akbarjon Jalilovga tegishlidir.

Bundan oldinroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat fuqarosi Akbarjon Jalilov Peterburgdagi terakt ijrochiligidagi asosiy gumondor ekanini ma'lum qilgandi.

Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. FVV Sankt-Peterburg boshqarmasining yangilangan ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 51 kishi jabrlangan.

 

 

Top