19:35 / 04.04.2017
9274

Putin Saudiya Arabistoni qirolini Rossiyaga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud  o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati. 

"Saudiya Arabistoni qiroli Sankt-Peterburgdagi vahshiy teraktni qoraladi hamda Rossiya prezidenti va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi", deb aytildi Kremlda.

Ikki davlat rahbarlari terrorchilik xavfiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni faollashtirish muhimligini tasdiqladilar. Bundan tashqari, tomonlar siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni oshirish zarurligini qayd qilishdi.

"Turli darajalarda tuzilajak shartnomalar muhokama qilindi. Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qirolini Rossiyaga taklif qilganini tasdiqladi", deyildi xabarda.

Top