11:58 / 04.04.2017
5078

Jyeymi Vardi uch yil avval futbolni butunlay tark etmoqchi bo‘lgan

«Lester» futbol klubi hujum chizig‘i yetakchisi Jyeymi Vardi 2013 yilda futboldan ketmoqchi bo‘lgan. U «Flitvud Taun» klubidan «tulkilar» safiga 2012 yilda o‘tgan bo‘lib, birinchi mavsumni juda yomon o‘tkazgandi. Vardi futbolni tark etmaganiga esa «Lester»ning hozirgi bosh murabbiyi Kreyg Shekspir sababchi. U o‘sha paytda assistent bo‘lib ishlagan.

«Bizning ishimiz o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ba'zida ular o‘z kuchlariga ishonmay qo‘yadi. Jyeymining o‘zi unga og‘ir ekanini tan olgandi. Unga men, Nayjyel Pirson va Stiv Uelsh yordam berdik. Biz unga kuchli jihatlari haqida eslatdik hamda hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonishimizni aytdik.

O‘shanda biz u nafaqat Premer-ligada, balki milliy termada ham o‘ynashi mumkin ekanini qo‘shimcha qilib qo‘ydik. U aqlini yig‘ishtirib oldi va Ibitsaga yashash uchun ketib qolmadi. O‘ylashimcha, u to‘g‘ri qaror qabul qilgan», - deya Shekspirning so‘zlarini keltiradi Goal.

Top