10:52 / 05.04.2017
95901

Akbarjon Jalilovning onasi Peterburgga uchib keldi (video)

Sankt-Peterburgdagi teraktni amalga oshirishda gumonlanayotgan Akbarjon Jalilovning yaqinlari Pulkovo aeroportiga uchib kelishdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Jalilovning onasi Qirg‘izistonning O‘sh shahridan Sankt-Peterburgga yetib kelgan.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Jalilov Peterburgdagi portlash ijrochisi ekanini tasdiqlagani haqida xabar bergandik

Bundan tashqari, Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosidagi terakt oqibatida halok bo‘lganlarning shaxsini aniqladi hamda o‘z saytida terakt qurbonlarining 10 nafaridan iborat ro‘yxatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploshchad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qildi, 49 kishi jarohatlandi.

 

Mavzuga oid
Top