16:56 / 05.04.2017
6261

Anqara: Idlibda kimyoviy qurol qo‘llanilganiga doir dalillar bor

Foto: AFP

Suriyaning Idlib viloyatidan Turkiyaga keltirilgan yaralanganlar kimyoviy quroldan amalga oshirilgan hujum jabrdiydalaridir. Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Rajab Akdag shunday bayonot berdi

"Idlibda jabrlanganlarning 30 nafarga yaqini Gaziantepdagi shifoxonaga keltirilgan. Ilk tekshiruv natijalari gap kimyoviy hujum haqida borayotganini ko‘rsatmoqda", — deya vazir so‘zlarini keltiradi NTV telekanali.

Suriya muxolifati va inqilobiy kuchlari milliy koalitsiyasi 4 aprel kuni Idlib viloyatining Xon Shayxun shahriga uyushtirilgan kimyoviy hujum oqibatida 80 kishini halok bo‘lgani va 200 nafar odamning yaralangani haqida xabar qilgan edi. Muxolifat tomoni mazkur hodisa uchun javobgarlikni Suriya hukumat kuchlari zimmasiga yuklamoqda. Bunga javoban, Suriya QKlaridagi manbaning RIA Novostiga bayonot berishicha, Suriya armiyasi biror bir kimyoviy qurolga ega emas, muxolifatning bayonoti esa hukumat kuchlariga qarshi tashviqot usullaridan biri bo‘lishi mumkin. 

Mavzu
Idlibda gaz hujumi
4 aprel kuni Idlibdagi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangan, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgan.
Barchasi
Top