15:07 / 05.04.2017
44680

Xayrulla Hamidovdan yana "Futbol plyus" ko‘rsatuvi

Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov yana futbol dasturlarini tayyorlashni boshladi. Bu safar "Futbol plyus" ko‘rsatuvi YouTube videohostingi orqali, MUVAD GROUPning rasmiy kanaliga qo‘yilgan. 

Hozirning o‘zida ushbu ko‘rsatuvni ikki mingga yaqin tomoshabin kuzatishga ulgurgan. Ilk ko‘rsatuv suhbat janrida tayyorlangan bo‘lib, unda Xayrulla Hamidovning bugungi futbol borasidagi fikrlari o‘rin olgan. 26 daqiqali ko‘rsatuvda o‘tgan yilgi Yevropa chempionatidagi qahramonlar ham tahlil qilingan. 

Muallifning aytishicha, ko‘rsatuv oyda ikki marta MUVAD GROUP kanalida muntazam joylashtirib boriladi.

Top