10:25 / 05.04.2017
6879

Qoraqalpog‘istonda agronomlarga 39 ta avtomobil berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Yerniyazov olib borgan majlisda chigit ekish ishlarini 18 aprelga qadar yakunlash, kuzgi bug‘doy parvarishlashni sifatli olib borish, aholi tamorqa yerlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kruz.uz nashri.

Ta'kidlanishicha, joriy yil Qoraqalpog‘istonda 92 ming 100 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilmoqda. Paxta tozalash korxonalari tomonidan 3543 fermer xo‘jaligi bilan 186 ming 200 tonna paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. 

Chigit ekish ishlarini sifatli olib borish uchun 394 ta otryad tashkil qilingan bo‘lib, 722 tonna urug‘lik chigit dorilangan va 109 ta shoxobchalarga yetkazib berilgan.

Joriy yil kutilayotgan yangiliklardan biri - bu «Qoraqalpoqpaxtasanoat» hududiy filiali mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika bo‘yicha 162 nafar agronom shartnoma asosida ishga qabul qilinmoqda. Ularning har biri 1 million so‘m oylik maosh bilan ta'minlanib, tuman hududlariga biriktirilgan agronomlarga 39 dona yengil avtomashina ajratilmoqda. Ular fermer xo‘jaliklarida chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda boyitilishini, unib chiqqan ko‘chatlarga agrotexnik tadbirlarni sifatli olib borilishini ta'minlaydi.

Top