19:00 / 05.04.2017
6287

Rossiya bilan yoqilg‘i-energetika sohasidagi qo‘shma sarmoyaviy loyihalar muhokama qilindi

Foto: RIA

O‘zbekiston o‘z uglevodorod konlarini o‘zlashtirishda, gazni chuqur qayta ishlashda Rossiya kompaniyalarining ishtirok etishidan manfaatdor. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev RF rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, istiqbolli xomashyo resurslarini o‘zlashtirish, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalarni tashkil etish kabi istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdormiz", - deya aytib o‘tgan O‘zbekiston rahbari.

U muzokaralar davomida neftni qayta ishlash masalasi muhokama qilinganini qayd etib o‘tgan.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonda po‘lat quyish bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etishdan ham manfaatdor.

Top