19:17 / 05.04.2017
16197

«Aeroflot» Samarqandga yangi muntazam reysni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 12 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv hamda 3,8 milliard dollarlik savdo shartnomalari imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi kengaytirilgan tartibdagi uchrashuv vaqtida ma'lum qilindi.

«Bu tashrifimiz chog‘ida umumiy qiymati 12 milliard dollar bo‘lgan investitsiyaviy bitimlar, 3,8 milliard dollarlik savdo kelishuvlari imzolandi», — degan Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti tomonlar «Aeroflot»ning Samarqandga yangi muntazam reysini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishib olgani haqida qo‘shimcha qilgan.

«Biz Rossiya tomonining «Aeroflot» aviakompaniyasi tomonidan Samarqandga qo‘shimcha reyslar joriy etilishi bo‘yicha taklifni qabul qildik. Ishonamanki, bu birinchi navbatda yurtimizga sayyohlar oqimi ortishiga xizmat qiladi. Bu masala ko‘p vaqtdan buyon hal qilinmay kelayotgandi» – deya qayd etgan O‘zbekiston prezidenti OAV vakillariga.

Top