Hindiston politsiyasi o‘rmonda maymunlar bilan yashagan qizning shaxsini aniqlashga harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar 10-12 yoshli ozib-to‘zib ketgan qizni yanvarda Hindiston shimolidagi o‘rmonda aniqlashgan. Qiz o‘zini hayvonlardek tutgan: emaklab yurgan, kiyim-kechaksiz bo‘lgan va poldan ovqat yegan. Qizcha shuningdek so‘zlashishni ham bilmagan. Qutqaruvchilar qizni o‘rmondan olib ketayotganlarida ularga maymunlar galasi hujum qilgan.
Hozir qizcha shifoxonada qolmoqda. Politsiya uning ota-onasi kimligini va u qanday qilib o‘rmonga bir o‘zi tushib qolganini aniqlashtirmoqda.