15:48 / 06.04.2017
10330

iPhone'ni yerga tushib ketishdan “qutqaruvchi” g‘ilof yaratildi

Apple kompaniyasi iPhone’ni yerga tushganidan keyingi oqibatlardan "qutqarishi" mumkin bo‘lgan g‘ilofga patent oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Burchaklardagi to‘rtta chiquvchi amortizator kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan qurilma smartfon qo‘ldan chiqib ketsa, o‘ziga xos yostiqcha vazifasini bajaradi. U akselerometr bilan jihozlangan bo‘lib, bunda iPhone harakati o‘z vaqtida payqaladi hamda uning tushib ketishining oldi olinadi.

Avvalroq smartfonlar uchun o‘zini o‘zi tiklovchi shisha yaratilgani haqida xabar bergandik.

 

Top