16:04 / 06.04.2017
9578

Rostovda kichik portlash ro‘y berdi

Rostov-na-Don shahri markazida joylashgan maktabdan uzoq bo‘lmagan hududda portlash sodir bo‘ldi. 

Portlashdan so‘ng hudud atrofi o‘rab olingan. Voqea joyiga maxsus xizmatlar yetib kelgan.

TASS agentligi Rosgvardiyaning Shimoliy-Kavkaz okrugidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, portlash qo‘lbola bomba orqali sodir etilgan

Portlash oqibatida bir kishi jarohatlangan.

«Ushbu erkak mahalliy vaqt bilan soat 6.30da paket topib olgan va uni tekshirgan. Paketda fonarik bo‘lgan», — degan manba.

Rosgvardiya ma'lumotiga ko‘ra, fonarik yoqilishi bilan portlovchi qurilma ishlab ketgan. Jabrlanuvchining bir barmog‘i uzilib tushgan.

 

Top