16:52 / 06.04.2017
14308

Jalilovning sheriklari qidirilmoqda, Peterburgdagi uylardan birida bomba topildi

Rossiya hukumati Sankt-Peterburgdagi kvartiralardan birida bomba topilgach, yana bir necha kishini qo‘lga oldi. Ushbu shaxslar 3 aprel kungi portlash ijrochisi Akbarjon Jalilovning sheriklari bo‘lganligi gumon qilinmoqda.

6 aprel kuni Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida shaharning Nevskiy tumani, «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuatsiya qilindi.

Ushbu ko‘p qavatli binoda istiqomat qiluvchilardan biri uylardan birida sentabr oyidan buyon emizikli bolasi bor oila yashab kelishi, ular tashqi ko‘rinishidan slavyan bo‘lmagani haqida aytgan.

3 aprel kuni Peterburg metrosida 14 kishini hayotdan olib ketgan portlash sodir etildi. Ushbu terakt ijrochiligida Qirg‘izistonda 1995 yilda tug‘ilgan, 2011 yili Rossiya fuqaroligini olgan Akbarjon Jalilov gumon qilinmoqda.

Top