Hyundai Motor va Kia Motors avtomobilsozlik korporatsiyalari dvigateldagi nuqson sababli AQSh, Kanada va Janubiy Koreyadan 1,4 mln ta mashinasini qaytarib olmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

Mashinalar qaytarib olinishiga dvigatellarni tayyorlashda hosil bo'lgan va keyinchalik dvigatelning to'xtashiga olib kelishi mumkin bo'lgan metall qirindining podshipniklarga tushgan bo'lishi mumkinligi sabab bo'lgan. Nosozlikning paydo bo'lganidan dvigateldagi taqillash ovozi yoki asboblar panelidagi lipillab turuvchi indikator darak berishi mumkin.

Avtomobillar 19 maydan boshlab qaytarib olinadi va AQShda eng ommaviy bo'lgan, 2011-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Hyundai Santa Fe va Sonata hamda Kia Optima modellari, 2011-2013 yillarda ishlab chiqarilgan Kia Sportage va 2012-2014 yilda ishlab chiqarilgan Kia Sorento yo'ltanlamaslariga taalluqli bo'ladi.

Oxirgi 2 yil ichida bu holat dvigateldagi muammolar sababli katta miqdorda mashinalar qaytarib olinayotgan ikkinchi holatdir. 2015 yil sentabrda Hyundai Motor 2011-2012 yillarda ishlab chiqarilgan Sonata modelidagi 470 mingta mashinani qaytarib olgandi.