11:25 / 07.04.2017
19236

Navalnyyning reytingi ikki barobar o‘sdi va u nufuz borasida Putindan keyingi shaxsga aylandi

Korrupsiyaga qarshi kurash fond asoschisi Aleksey Navalnyyning saylovchilar o‘rtasidagi nufuzi oshmoqda. «Levada-sentr» vakiliga asoslanib Republic nashrining xabar qilishicha, ushbu siyosatchining reytingi 2 barobar o‘sib, 10 foizga yetgan. U endilikda oldindagi saylovlarda Putinning asosiy raqibiga aylangan.

Shuningdek, uning taniqlilik bo‘yicha ko‘rsatkichi ham maksimumga yetgan. Mart oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 55 foiz kishi Navalnyyni tanishini bildirgan. Taqqoslash uchun, fevral oyida bu ko‘rsatkich, 47 foizga teng bo‘lgandi.

Shu bilan birga rossiyaliklarning 40 foizi agar saylovlar yaqin haftada o‘tkazilsa, uni qo‘llamasligini bildirgan. 

Bundan oldinroq bosh vazir Dmitriy Medvedevning faoliyatini ma'qullamaydigan kishilar soni uni qo‘llab-quvvatlayotganlar sonidan ortgani ma'lum bo‘lgandi.

Aynan Navalnyyning Medvedev haqidagi tekshiruvlari va u maxfiy imperiya tashkil qilgani haqidagi iddaolaridan so‘ng namoyishlar boshlangan, FXX esa Navalnyyni qo‘lga olgan, uning Korrupsiyaga qarshi kurash fondida tintuv o‘tkazgandi.

«U sizga shunchaki Dimon emas». Medvedevning «maxfiy imperiya»si fosh etildi

Top