09:25 / 07.04.2017
6065

Pentagonda AQShning Suriyaga zarba berishi bir tomonlama harakat bo‘lgani tasdiqlandi

Foto: AFP

Pentagon vakili AQSh tomondan Suriyaga zarba berilishi AQShning bir tomonlama harakati bo‘lganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQSh prezidenti Donald Tramp 7 aprelga o‘tar kechasi, Vashington fikricha, Idlib viloyatiga kimyoviy hujum amalga oshirilgan Suriyadagi aerodromga raketa zarbasi berishni buyurgan. Pentagonning ta'kidlashicha, raketa zarbasidan maqsad Xoms viloyatida Shayrat aerodromi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, zarba AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalaridan qanotli raketalar bilan berilgan. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, 59 ta raketa otilgan.      

Suriya armiyasi qo‘mondonligi Idlibda uyushtirilgan kimyoviy hujum uchun o‘z nomiga bildirilgan ayblovlarni qat'iyan inkor qilgan va hujum uchun javobgarlikni jangarilar va ularning himoyachilariga yuklagan. Rossiya Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Suriya aviatsiyasi Idlibdagi Xon-Shayxun aholi punkti chekkasida joylashgan, Iroqqa yetkazib beriladigan kimyoviy qurol saqlangan, terrorchilarga tegishli omborga zarba bergan. 

Kimyoviy hujumni BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti tergov qilishni boshlagan, biroq ular hozircha voqea aybdorlari bo‘yicha hech qanday xulosani chop etishmagan.

Top