21:46 / 07.04.2017
7797

Politsiya Stokholmdagi terakt ijrochisi hamon ozodlikda qolayotganini ma'lum qildi

Shvetsiya politsiyasi Stokholm markazida sodir etilgan terakt bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Politsiyaga asoslanib Sky News telekanali xabar berishicha, bu ish bo‘yicha hech kim qo‘lga olinmagan.

Bundan oldinroq mamlakat bosh vaziri Stefan Lyoven Stokholm markazida ro‘y bergan hodisa terakt bo‘lganini ma'lum qilib, terakt ijrochiligida gumon qilingan shaxs ushlanganini aytgandi.

5 aprel, juma kuni kunduzi Stokgolm markazida yuk mashinasi piyodalar ustiga bosib bordi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 8 kishi tan jarohati olgan. 

Mavzuga oid
Top