17:43 / 07.04.2017
24796

Rossiyaning qanotli raketalar bilan qurollangan fregati Suriya qirg‘oqlari tomon yo‘llandi

Rossiyaning Qora dengiz floti tarkibidagi «Admiral Grigorovich» fregati O‘rta Yer dengizi hududidagi Rossiya harbiy-dengiz flotining Tartus portidagi moddiy-texnik ta'minot punkti tomon yo‘nalgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslanib TASS agentligi xabar tarqatdi.

«Kalibr» rusumli qanotli raketalar bilan qurollangan Rossiya kemasi Suriyaning Tartus portidagi moddiy-texnik ta'minot punktiga tomon yo‘lga chiqdi», — degan manba.

Qayd etilishicha, fregat Suriya qirg‘oqlari yaqinida qancha muddat bo‘lishi «vaziyatga bog‘liq» bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top