01:26 / 08.04.2017
11118

APLda futbol agentlari uchun qaysi jamoa ko‘proq pul sarflagani ma'lum bo‘ldi

Angliya premer-ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning transferlarni amalga oshirishi uchun futbol agentlariga qilgan xarajatlari miqdori aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumda agentlar uchun eng ko‘p to‘lovni «Manchester Siti» amalga oshirgan — 26 mln. funt. Ikkinchi o‘rinda «Chelsi» bormoqda. Londonliklar agentlarga 25 mln funt to‘lagan. «Manchester Yunayted» esa 19 mln funt xarajat qilgan.

Jami bo‘lib ingliz klublari o‘tgan transfer oynasida 174 mln funt sterling mablag‘ni futbolchilar transferi bilan shug‘ullanuvchi bu kasb egalariga to‘lashgan.

Mavzuga oid
Top