11:04 / 09.04.2017
5834

9 kishi Afg‘oniston shimolidagi portlash qurboni bo‘ldi

Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyati hududida avtomobil portlatilishi oqibatida hukumat tarafidagi kuchlar vakillari bo‘lgan kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib Xinhua agentligi ma'lumot berdi.

Manbaning yozishicha, mashinaga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushgan va uning ichida bo‘lgan kishilarning barchasi halok bo‘lgan.

Hodisa 8 aprel kuni sodir etilgan. Hozircha hech bir tashkilot ushbu portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Top