12:48 / 09.04.2017
4244

Hemilton Xitoy Gran-prisida g‘olib bo‘ldi

Formula-1 bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi Mercedes Benz jamoasining britaniyalik piloti Lyuis Hemilton mavsumning ikkinchi bosqichi bo‘lmish Xitoy Gran-prisida g‘olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim marraga Ferrari jamoasi yetakchisi Sebastyan Fettel yetib keldi, Red Bull vakili, niderlandiyalik Maks Ferstappen uchinchi bo‘ldi.

Formula-1 poygalarining uchinchi bosqichi 14-16 aprel kunlarida Bahraynda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top